AsosiyDunyo

Xitoy Rossiyaga sarmoya kiritishni to`xtatdi

'Xitoy Rossiyaga sarmoya kiritishni to`xtatdi'ning rasmi

Xitoy bir necha oy davomida Rossiyada birorta ham yangi infratuzilma loyihasini moliyalashtirmadi. Bu haqda "The Telegraph" xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Pekin birinchi navbatda ichki moliyaviy inqirozning oldini olishga harakat qilmoqda. 2022 yilning birinchi yarmida «Bir kamar va bir yo`l» loyihasi doirasida mablag`lar Rossiya, Shri-Lanka yoki Misrdagi yangi loyihalarga ajratilmagan, garchi ilgari ushbu davlatlar Xitoyning tashabbusining asosiy benefisiarlari bo`lgan.

«Rossiya iqtisodiyotiga sarmoya kiritishdan bosh tortish, Xitoy rahbariyati Ukrainadagi urush sababli Moskvaga qarshi joriy qilingan ikkilamchi sanksiyalardan qo`rqishi mumkinligidan dalolat beradi», deyiladi xabarda.

«Bir kamar va bir yo`l» tashabbusi 2013 yilda Pekinning Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Sharqiy Evropadagi ta`sirini kengaytirish maqsadida boshlangan. Ushbu tashabbus doirasida Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarga qariyb trillion dollar sarmoya kiritgan va shu tariqa o`z biznesi uchun poydevor yaratgan va strategik ahamiyatga ega mintaqalarda o`z ishtirokini mustahkamlagan.

    Boshqa yangiliklar