AsosiyJamiyat

2022 yilning birinchi yarmida davlat byudjetiga 21,5 trln so`m bojxona to`lovlari undirilgan

'2022 yilning birinchi yarmida davlat byudjetiga 21,5 trln so`m bojxona to`lovlari undirilgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriev xabar berdi.

Qayd etilishicha, bojxona imtiyozlari 23,5 trln so`mni tashkil etib, aylanma mablag` sifatida 12,1 mingta xo`jalik sub`ektlari ixtiyorida qoldirildi. Imtiyozlar 10,2 trln so`mga yoki 77 foizga ortdi.

Tezkor tadbirlarda:

- 562,1 kg giyohvandlik vositalari, 190 ming dona kuchli ta`sir etuvchi va 2,3 ming dona psixotrop moddalar 4,7 ming dona taqiqlangan adabiyotlar ushlab qolindi.

- 8 420 ta holatda 434 mlrd so`mlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlandi.

- 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta, 8,2 mlrd so`mlik zargarlik buyumlari, 1 066 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar