Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo`yicha 24 572 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo`lib, har ming nafar aholiga to`g`ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan.
Hududlar kesimida nikohdan ajralishlar soni bo`yicha eng ko`p Toshkent shahri (2950 ta) va Samarqand viloyatida (2569 ta) qayd etilgan bo`lsa, har ming nafar aholiga to`g`ri keladigan nikohdan ajralishlar soni bo`yicha Toshkent shahri (2,1 promille) va Sirdaryo viloyati (2,0 promille) eng yuqori ekanligi kuzatildi.
Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni:
-Qoraqalpog`iston R. – 1056 ta
- Andijon viloyati – 2532 ta
- Buxoro viloyati – 1405 ta
- Jizzax viloyati – 827 ta
- Qashqadaryo viloyati – 2006 ta
- Navoiy viloyati – 720 ta
- Namangan viloyati – 2183 ta
- Samarqand viloyati – 2569 ta
- Surxondaryo viloyati – 1348 ta
- Sirdaryo viloyati – 888 ta
- Toshkent viloyati – 2535 ta
- Farg`ona viloyati – 2527 ta
- Xorazm viloyati – 1026 ta
- Toshkent shahri – 2950 ta






