AsosiyJamiyat

Investisiya shartnomalarini ekspertizadan o`tkazish tartibi tasdiqlandi

'Investisiya shartnomalarini ekspertizadan o`tkazish tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

“Investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo`yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o`tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori  (PQ–332-son, 25.07.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, davlat xaridiga doir tender xarid hujjatlarini, texnik topshiriqlarni hamda shartnomalar loyihalarini ekspertizadan o`tkazish uchun to`lovlar xarid predmeti narxining QQSni inobatga olmagan holda 0,1 foizi miqdorida, BHMning 100 baravaridan ortiq bo`lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo`shilgan holda undiriladi.

Loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o`tkazganlik uchun to`lovlar QQSni hisobga olmagan holda loyiha umumiy summasining 0,03 foizi miqdorida, biroq ekvivalenti 4 ming AQSh dollaridan kam bo`lmagan va 50 ming AQSh dollaridan ko`p bo`lmagan miqdorda hisoblanib, ushbu miqdorga QQS alohida qo`shilgan holda undiriladi.

Loyihalarning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini kompleks ekspertizadan o`tkazganlik uchun loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini kompleks ekspertizadan o`tkazganlik uchun belgilangan summaning 50 foizi miqdorida haq undiriladi.

Ekspertizalar 100 foizlik oldindan haq to`lash sharti bilan o`tkaziladi.  

Qaror bilan quyidagilarni tartibga soluvchi nizomlar tasdiqlandi:

investisiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish, kompleks ekspertizadan o`tkazish va tasdiqlash;

davlat xaridiga doir tender bo`yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o`tkazish;

shartnomalar, import kontraktlari va ularga qo`shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o`tkazish va ro`yxatga olish tartibi;

loyihalarning texnik-iqtisodiy asosi va texnik-iqtisodiy  

hisob-kitobini, davlat xaridiga doir tender bo`yicha xarid hujjatlari va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o`tkazish xizmati qiymatini aniqlash tartibi.

    Boshqa yangiliklar