AsosiyJamiyat

Rossiya Ukrainada qancha askaridan ayrilgan?

'Rossiya Ukrainada qancha askaridan ayrilgan?'ning rasmi

AQSh administrasiyasining norasmiy bahosiga ko`ra, Rossiya Ukrainada 75 ming askar yo`qotgan bo`lishi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar berdi, deb yozadi Zamon internet nashri.

Prezident ma`muriyati Kongressga shunday ma`lumot taqdim etgan. Nomi sir qolishini istagan kongressmenning so`zlariga ko`ra, Davlat departamenti, mudofaa vazirligi, Shtab boshliqlari qo`mitasi va razvedka bu bo`yicha qo`shma ma`lumotnoma tayyorlagan.

"Jangovar harakatlar boshlanganidan buyon Rossiya va Ukraina bir-biridan yo`qotishlar haqidagi ma`lumotlarni yashirib, butun dunyoni shubhali taxminlar qilishga majburlab keladi. Har ikki tomon ham bu raqamlarning pasaytirib ko`rsatilishidan manfaatdor: Rossiyaga bu ichki auditoriyaga muvaffaqiyatlar haqida gapirish uchun kerak, Ukraina uchun esa bu jangovar ruhni saqlab qolish imkonini beradi", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar