“Tadbirkorlik sub`ektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident farmoni (PF–178-son, 27.07.2022 y.) qabul qilindi
Farmonga ko`ra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.
Portal orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib hal etiladi va ushbu jarayonlar nazorat qilib boriladi.
2022 yil 1 avgustdan:
portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:
tadbirkorlar;
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha vakil (Vakil);
hokim yordamchilari;
murojaatlar avtomatik yoki Vakil tomonidan vakolatli organlarga ko`rib chiqish va hal etish uchun yo`naltiriladi;
vakolatli organlar murojaatlarni ko`rib chiqib natijalari to`g`risida axborotni portalga kiritadi;
Vakil murojaatlarni ko`rib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat o`rnatadi hamda qonunbuzilish holatlari bo`yicha tegishli ta`sir choralarini qo`llaydi.
Vakil har yili 1 martgacha Prezidentga davlat organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.
Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 1 sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi Hukumatga kiritiladi.






