"O`zgidromet" markazi O`zbekiston bo`ylab 29-31 iyulga qadar kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, dam olish kunlari O`zbekiston hududi bo`yicha qulay havo harorati bo`lishi kutilmoqda.
Bugun respublika hududining katta qismida havo harorati 33-38, janubda ba`zi joylarda 40 gacha bo`lgan quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat rsepublikaning shimoli-g`arbida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Dam olish kunlari O`zbekistonda havo bulutli bo`lishi kutilmoqda, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat tog` oldi va tog`li hududlarda, 30 iyul shanba kuni Toshkent viloyatida va 31 iyul yakshanba kuni Farg`ona vodiysida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati kechalari 20-23, kunduz kunlari 33-36 atrofida bo`ladi, bu iyul oyi oxiridagi iqlimiy me`yorlarga yaqindir.
Ushbu kunlarda janubda va cho`l hududlarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlari bo`yicha sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.