AsosiyDunyo

"Deraza panjaralari imkon bermadi": Moskvadagi yotoqxonada 8 muhojir tiriklayin yonib ketdi

'"Deraza panjaralari imkon bermadi": Moskvadagi yotoqxonada 8 muhojir tiriklayin yonib ketdi'ning rasmi

Moskva janubidagi Olma-Atinskaya ko`chasida joylashgan yotoqxonada sodir bo`lgan yong`inda halok bo`lgan sakkiz kishining barchasi mehnat muhojirlari, deb yozadi “TASS” favqulodda xizmatlardagi manbaga tayanib.

 “Xosteldagi yong`inda halok bo`lganlarning barchasi muhojirlar edi. Ularning fuqaroligi aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, yotoqxonada yashovchi yana to`rt kishi shifoxonaga tushgan. Undan oldin uchta qurbon haqida xabar berilgan.

Yong`in joyiga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati komissiyasi etib kelgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`inga elektr simlaridagi nosozlik sabab bo`lishi mumkin. Bundan tashqari, yong`inda halok bo`lgan sakkiz kishining o`lim holatiga derazalarga o`rnatilgan panjaralardan chiqolmagani va  o`t o`chiruvchilarga kech xabar qilinganligi bilan bog`liq bo`lishi mumkin.

Xosteldagi yong`in fakti bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar