Prezidentning “Astrum” akademiyasida IT sohasi vakillari bilan muloqoti davom etmoqda.
“Buning hisobiga bugungi kunda IT-parklarda 14 ming nafar yoshlar yuqori daromadli ish joylari bilan ta`minlandi.
Shu bilan birga, o`zini o`zi band qilgan IT mutaxassislari soni yil boshidan 2,5 barobarga o`sib, 43 mingga etdi.
Joriy yilning o`zida mamlakatimizda 134 ta yangi, jumladan 50 ta xorijiy IT kompaniyalari tashkil etildi, eksportchi korxonalar soni esa 2 baravarga oshdi.
So`nggi uch yilda mobil internet narxi 9 baravarga arzonlashdi va xalqaro reytingda 15-o`ringa ko`tarildik (68-o`rindan).
IT xizmatlari hajmi va eksporti bir necha barobarga o`sdi.
Eng asosiysi, IT kasblarni egallash yoshlar o`rtasida trendga aylandi".






