Uchrashuv chog`ida Prezidentimiz e`tiborni kuchaytirib, yoshlarimizga ozgina sharoit yaratib berilsa, bu sohani yanada yuqoriroq pog`onalarga olib chiqish mumkinligiga ishonch bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bugungi muloqotimizni o`tkazish uchun "Astrum" akademiyasini bejizga tanlamadim.
Bu erda yuzlab yoshlar eng zamonaviy dasturlash ko`nikmalarini egallayotgani, ayniqsa, o`qish davomidayoq daromad topayotgani quvonarli albatta.
Boshqa hududlarda ham bunday IT akademiyalar tashkil qilish istagida bo`lganlarning tashabbuslarini har tomonlama qo`llab-quvvatlaymiz, barcha masalalarini hal qilib beramiz”, dedi davlatimiz rahbari.
Viloyat hokimlariga bir oy muddatda bu erga kelib, barcha sharoit va imkoniyatlarni ko`zi bilan ko`rib, o`z hududida kamida 1 tadan shunday IT akademiya tashkil etish loyihasini boshlashga topshiriq berildi.






