AsosiyJamiyat

Buxoroda "Isuzu" haydovchisi 68 yoshli ayol o`limiga sababchi bo`ldi (video)

'Buxoroda "Isuzu" haydovchisi 68 yoshli ayol o`limiga sababchi bo`ldi (video)'ning rasmi

Buxoro viloyatining G`ijduvon tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida bir ayol halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, 28 iyul kuni soat 10:00 larda G`ijduvon tumani «Degrezon» mahallasi hududidan o`tuvchi 4R-48 avtomobil yo`lining 272 kilometrida G.S. ismli shaxs «Isuzu» rusumli avtomashinani boshqarib kelib, yuk avtomobillarning harakatlanishiga cheklov o`rnatilgan temir quvur bilan jihozlangan to`siqni urib yuborgan. O`z navbatida to`siq yo`lni kesib o`tayotgan tumanning «Ulfatbibi» mahallasida yashovchi 68 yoshli R.Z.ga borib tekkan.

Jabrlanuvchi ayolga tuman kasalxonasida olib borilib, kerakli yordam ko`rsatilganiga qaramasdan vafot etgan. Hozirgi kunda G`ijduvon tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar