AsosiyJamiyat

Prezident IT sohasida hal etilishi kerak bo`lgan to`rtta masalani ma`lum qildi

'Prezident IT sohasida hal etilishi kerak bo`lgan to`rtta masalani ma`lum qildi'ning rasmi

Xorijiy hamkorlar bilan birga maktab, lisey, kollej, texnikum va oliygohlarda o`quvchi va talabalarning IT ko`nikmalarini shakllantirish bo`yicha “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz bu dastur kelgusida ham davom ettirilishini aytdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Kelgusi besh yilda mamlakatimiz IT xizmatlari eksportini 1 milliard dollarga etkazishni reja qilganmiz.

Agar yoshlarni IT kasblarga o`qitishni to`g`ri yo`lga qo`ysak, ularni sifatli infratuzilma, kompyuter va kafolatli buyurtma bilan ta`minlasak, albatta, bu marraga bemalol erishamiz", dedi davlatimiz rahbari.

Uchrashuvda buning uchun quyidagi 4 ta masalani hal etish lozimligi ko`rsatib o`tildi.

Birinchidan, internet qamrovi va sifatini keskin oshirish zarur.

Hududlarning optik tolali tezkor mobil internet (4G) bilan qamrab olish darajasi 70 foiz atrofida. 118 ta qishloqlarga Internet ham, mobil aloqa ham kirib bormaganligi ta`kidlandi.

Ikkinchidan, IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo`llab-quvvatlashni yanada kengaytirish kerak.

Bugungi kunda bunday yoshlarning startaplariga (230 ta) atigi 10 milliard so`m grantlar ajratilgan.

Yoki, kompyuter xaridi uchun 3,5 ming nafar yoshlarga kredit berilgan bo`lsa, kafil yo`qligi uchun 6,5 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish rad etilgan.

Qoraqalpog`iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Navoiyda IT-parklarni tashkil etish ishlari yakuniga etkazilmagan.

    Boshqa yangiliklar