AsosiyJamiyat

Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo`mitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yo`llari”, “Agrosug`urta”ni tanqid qildi

'Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo`mitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yo`llari”, “Agrosug`urta”ni tanqid qildi'ning rasmi

Prezident yig`ilish davomida barcha vazirlar, hokimlar va tarmoq rahbarlari, oliygohlar rektorlari raqamlashtirishni birinchi navbatdagi vazifalar qatoriga olib chiqishi lozimligini ta`kidladi.

Bu borada adliya, mehnat, oliy va xalq ta`limi vazirliklari, soliq, bojxona idoralari, Navoiy kombinati, “Avtosanoat”, “Sanoat qurilish banki”da raqamlashtirish bo`yicha natijalar borligi qayd etildi.

Lekin, Transport, Energetika vazirliklari, Veterinariya qo`mitasi, “Uzbekistan Airports”, “Temir yo`llari”, “Agrosug`urta”da ishlar ahvoli sust.

"Xorijiy korxonalar yoshlarimizga ishonch bildirib, joriy yilning o`zida 100 million dollarlik xizmatlarga buyurtma bergan. Lekin, mahalliy korxonalarimiz buyurtmalari bundan ancha kam.

Bundan tashqari, hududlarda yoshlarni eksport bozorlariga chiqishga ko`maklashadigan tizim yaratishimiz shart va zarur", dedi Prezident so`zining yakunida.

So`ng so`z AKT vaziri Sherzod Shermatovga berildi. Vazir sohadagi muammo va takliflar yuzasidan axborot berdi. Ayni paytda davlatimiz rahbari soha vakillari bilan ochiq fikr almashdi.

Yig`ilish davom etmoqda. 

"Bugun biz birgalikda muhokama qilgan masala – bugunimiz, kelajagimiz, ayniqsa, yoshlarimizga munosib ish o`rinlari yaratish uchun o`ta muhim zamin", dedi Prezident Shavkat Mirziyoev muloqotdan so`ng.

Davlatimiz rahbari maktab, lisey, kollej, texnikum va oliygohlar direktor va rektorlariga murojaat qilib, ularni har bir o`quvchi va talaba IT bilimlari va chet tillarini egallab chiqishlariga mas`ul bo`lishga chaqirdi.

Bugun aytilgan barcha takliflar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilinishi ta`kidlandi.

"Siz, yoshlardan hamkasblaringiz, hamkorlaringiz, o`rtoqlaringizga shuni etkazishlaringizni so`rayman.

Davlat tomonidan IT sohasini jadal rivojlantirish bo`yicha kerak bo`ladigan barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratamiz. O`zimdan boshlab hamma rahbarlar sizlar bilan doimiy muloqotda bo`lamiz", dedi Prezident uchrashuv yakunida.

    Boshqa yangiliklar