Fransiyaning 96 ta departamentidan 93 tasida issiqlik va qurg`oqchilik tufayli suv iste`moliga cheklovlar joriy etildi. Ularning 46 tasida vaziyat o`ta og`ir deb baholanmoqda, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
Ma`lum qilinishicha, cheklovlar qatorida bog`larni ma`lum soatlarda sug`orishni taqiqlash, qator iste`molchilarga, jumladan, qishloq xo`jaligi korxonalariga suv ta`minotini to`xtatish kiradi. Ammo bu shifoxonalar va o`t o`chirish bo`limlariga tegishli emas.
Meteo-Franse ma`lumotlariga ko`ra, iyul oyida hududda rekord darajadagi qurg`oqchilik hukm surmoqda. Mamlakatda oy boshidan beri yog`ingarchilik bo`lmagan. Bu kabi holat so`nggi bor 1959 yilda kuzatilgani aytiladi.






