AsosiyJamiyat

Endi qisqa o`quv kurslari sertifikatlarini xorijiy tilga tarjima qildirish shart emas

'Endi qisqa o`quv kurslari sertifikatlarini xorijiy tilga tarjima qildirish shart emas'ning rasmi

Hukumat qarori bilan professional ta`lim muassasalarida qo`shimcha kvalifikasiyalar bo`yicha 6 oygacha bo`lgan qisqa o`quv kurslari orqali o`qigan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unga ko`ra ikki oy muddatda:

➖kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda qo`shimcha kvalifikasiyani egallash bo`yicha beriladigan yangi namunadagi sertifikat bir vaqtning o`zida o`zbek, rus va ingliz tillarida bo`ladi;

➖shu bilan birga sertifikat elektron shakllarini QR-kod yordamida olish ham mumkin.

Natijada fuqarolar xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida ortiqcha ovvoragarchiliksiz ushbu sertifikatdan foydalana oladi.

Ma`lumot uchun: bugungi kunda 255 ta professional ta`lim muassasalarida 24 ming nafarga yaqin fuqaro 102 turdagi kasb bo`yicha qisqa muddatli kurslarda o`qitilmoqda.

    Boshqa yangiliklar