Ijtimoiy tarmoqlarda huquq-tartibot idoralari tomonidan “Termiz-Jayhun klasteri” MChJ direktori katta tekshiruv o`tkazilayotgani ortidan jinoyat ishlari bo`yicha Surxondaryo viloyati Termiz shahar sudi ajrimi bilan qamoqqa olingan, degan xabar tarqatildi.
Holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, postda keltirilgan gap-so`zlar haqiqatga aslo to`g`ri kelmaydi. Klaster rahbariga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgani hamda qamoqqa olingani haqidagi ma`lumotlar mutlaqo asossiz.
“Shu o`rinda ijtimoiy tarmoq faollariga xalqning fikrini chalg`itishga undovchi bu kabi ma`lumotlarni tarmoqqa joylashtirmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa asossiz chiqarilgan bu singari xabarlarga chalg`imasliklarini so`raymiz”, - deyiladi xabarda.






