AsosiyJamiyat

Milliy palata ko`magida koreyalik shifokorlar 20 nafar bemorni operasiya qiladi

'Milliy palata ko`magida koreyalik shifokorlar 20 nafar bemorni operasiya qiladi'ning rasmi

Koreyalik shifokorlar bu  yil kuzda «tanglay yorilishi» diagnozi bilan 20 nafar atrofida bemorni tekinga operasiya qilishni rejalashtirgan. O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi ushbu tashabbusni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlaydi. Bu haqda Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi xabar qildi. 

Operasiyani Seul stomatologiya klinikasi Milliy universiteti (SNUH) jarrohlari olib boradi. Dastlabki bosqich bemorlar ro`yxatini tayyorlash, ularni tibbiy ko`rikdan o`tkazish va  o`tkazilajakaksiya haqida muzokarlar o`tkazishdan iborat. Shu maqsadda SNUHning ikki nafar vakili O`zbekistonda bo`ldi.

Ular tashrif davomida Milliy palata tomonidan operasiya o`tkazilishi uchun tanlangan klinakada bo`lib, u erda bemorlarni tanladi, shuningdek ularni tahlillarini o`rgangan holda dastlabki ko`rikdan o`tkazdi.    

«Biz SNUHning «tanglay yorilishi» diagnozi bilan bemorlarni operasiya qilish tashabbusini qo`llab-quvvatlashdan xursandmiz. Bular asosan kam ta`minlangan oilalarga mansub bolalar va o`smirlar. Ularning ko`pchiligida bu patologiya murakkab kechayapti. Birgalikdagi sa`y-harakatlar natijasida ular o`z hayotlari sifatini yaxshilab olishlari, yangi rejalar tuzib, ularni  amalga oshirishlari mumkin», — dedi Koreya delegasiyasi bilan uchrashuv jarayonida Milliy palata raisi Rovshan Izamov.

Kuzda 20 nafar SNUH mutaxassislaridan iborat lelgasiyaning tashrifi kutilyapti. Mazkur hamkorlik bemorlarga yordam ko`rsatishdan tashqari O`bekiston shifokorlarinig malakasini oshirish, amalda bu turdagi operasiyalarda jarohlikning eng so`ngi innovasiyasini taqdim etish imkonini beradi.

«Koreya Respublikasi va O`zbekiston Respublikasi o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni inobatga olgan holda Universitetimiz shuningdek, yurtingiz sog`liqni saqlash tizimi rivojiga o`z hissasini qo`shishni muhim vazifa sanaydi. Bunday rejalarni amalga oshirishda Sog`liqni saqlash milliy palatasi, uning rahbariyati va viloyatlardagi bo`linmalari kabi ishonchli hamkor topganimizdan xursandmiz», — ta`kidladi SNUHprofessori Byong Mo Seo.

Shuni qo`shimcha qilish joizki, operasiyalar Toshkent viloyatida amalga oshiriladi. SNUHmutaxassislari O`zbekistonda an`anaga oid xayriya operasiyalarini o`tkazib turadi. Bu ularning shu maqsadda 10-marta yurtimizga tashrif buyurishi.

 

    Boshqa yangiliklar