Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do`stlik” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Andijon viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O`tkazilgan bojxona ko`rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida yozib ko`rsatilmagan umumiy qiymati 862 mln. 880 ming so`mlik 5839 dona 14 xildagi turli xil pichoqlar hamda temir tayoq (bita) tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






