AsosiyJamiyat

O`zbekiston aholisining 16,1 million nafardan ortig`i to`liq vaksina kursini oldi - SSV

'O`zbekiston aholisining 16,1 million nafardan ortig`i to`liq vaksina kursini oldi - SSV'ning rasmi

Xabaringiz bor, koronavirusga qarshi emlash jarayonlari O`zbekistonda 2021 yil 1 apreldan boshlangan edi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko`ra, ilk oylarda ikkita vaksina turi — ZF-UZ-VAC2001 va AstraZenecadan foydalanilgan bo`lsa, keyinchalik vaksinalar turi 7 taga etdi. Ta`kidlash lozimki, O`zbekiston pandemiya sharoitida vaksinaga bo`lgan ichki ehtiyojni to`la ta`minlashni uddalay oldi.

O`tgan 16 oylik emlash jarayonini tahlil qilsak, shu kunga qadar jami 62,3 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi.

O`zbekiston aholisining 16,1 million nafardan ziyodi to`liq vaksina kursini oldi.

To`liq emlanganlarning 14,2 million nafari koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasini ham qabul qilib, aholi orasida SOVID-19ga qarshi ommaviy immunitetni shakllashtirish jarayoniga hissa qo`shdi.

O`zbekiston aholisi orasidagi emlanuvchi qatlamning 96.9 foizi birinchi doza bilan, 75,3 foizi to`liq vaksinasiya kursi bilan qamrab olindi.

Iyul oyi yakunlariga ko`ra, hududlar kesimida qo`llanilgan vaksinalar Samarqand viloyatida 7 million, Farg`ona, Toshkent va Andijon viloyatlarida 6 million, Namangan viloyati va Toshkent shahrida 5 million dozadan oshganini ko`rish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar