AsosiyDunyo

Ilon Mask Twitter’ga qarshi da`vo arizasi bilan chiqdi

'Ilon Mask Twitter’ga qarshi da`vo arizasi bilan chiqdi'ning rasmi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask avvalroq uni sudga bergan Tvitter ijtimoiy tarmog`i rahbariyatiga qarshi da`vo bilan chiqdi. Bu haqda SNBS xabar bermoqda, deya yozmoqda “Zamon.uz”

Telekanalning ta`kidlashicha, Mask noma`lum sababga ko`ra suddan qarshi da`vo tafsilotlarini sir saqlashni so`ragan. Tvitter iyul oyida Maskni 44 milliard dollarlik birlashish shartnomasini buzgani uchun sudga berdi.

25 aprel kuni Mask va Tvitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotish bo`yicha kelishuvga erishdi, biroq may oyi o`rtalarida biznesmen Tvitter proporsiya haqidagi vaziyatga oydinlik kiritmagunicha, kelishuvda boshqa harakat bo`lmasligini aytdi.

8 iyul kuni Mask Tvitterni shartnoma shartlarini buzganligi sababli sotib olish bo`yicha kelishuvdan chiqayotgani haqida xabardor qildi. Keyin Tvitter rahbariyati ijtimoiy tarmoqni sotib olish bo`yicha kelishuvni yakunlash uchun milliarderni sudga berdi.

Tvitterning Maskga qarshi da`vosi bo`yicha sud jarayoni 17 oktyabrga belgilandi. Jarayon besh kun ichida yakunlanishi kerak.

 

    Boshqa yangiliklar