AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning 5 ta hududida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin

'Bugun O`zbekistonning 5 ta hududida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" markazining xabar berishicha, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Toshkent, viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 32-37°, janubda ba`zi joylarda 39° gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo`ladi.

Tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 20-25° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar