AsosiyJamiyat

Homiladorlikni ro`yxatga oluvchi "Elektron tibbiyot" tizimi yaratildi

'Homiladorlikni ro`yxatga oluvchi "Elektron tibbiyot" tizimi yaratildi'ning rasmi

“Elektron tibbiyot” tizimining afzalliklari juda ko`p. Avvalo, vaqt va mablag` tejaladi. Ish samaradorligi ortadi. Ovoragarchiliklarga chek qo`yiladi, deya tizim haqida xabardor qilmoqda Sog`liqni saqlash vazirligi.

Vazirlikning ma`lum qilishicha, shuningdek, saqlash vazirligi tizimida joriy yilning o`tgan 6 oyida: 

  •  Bolalar audioskriningi va immunizasiyasi tizimi raqamlashtirildi.
  • Tug`ilish-o`lim axborot tizimi takomillashtirildi.
  • Homiladorlikni ro`yxatga olish tizimi raqamlashtirildi.
  • Tibbiyot axborot tizimlarining “IT-Med” mobil ilovasi ishga tushirildi.

Ayni paytda esa quyidagi elektron tizimlardan foydalanilmoqda:

  • “Telemedisina” tizimi;
  •  “MIS” axborot tizimi;
  •  “SMS-xabarnoma” tizimi;
  •  “Muassasalar pasporti” tizimi;
  •  “Yagona tez tibbiy yordam” tizimi;
  • “Laboratoriya” tizimi;
  • Yurak-qon tomir kasalliklari elektron reestri;
  • “Kadrlarni qayd qilish” axborot tizimi (HRM);
  • “Vaksina logistikasini boshqarish” elektron tizimi;
  •  “Order” axborot tizimi;
  • “Emlash” tizimi;
  •  “Xatlov” tizimi.

    Boshqa yangiliklar