Xabaringiz bor, respublikamizda 14 ta yuridik texnikum tashkil etilgan.
Ularda quyidagi mutaxassisliklar bo`yicha kadrlar tayyorlanadi:
- davlat huquqiy faoliyat;
- yuridik xizmat;
- sud-huquqiy faoliyat.
Yuridik texnikumlarga umumiy o`rta ta`lim (11-sinfni) yoki o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.
O`qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (my.dtm.uz) orqali onlayn qabul qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish joriy yil 1 avgustdan 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo`lib o`tadi.
Yuridik texnikumlarga O`zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o`tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi.
Abiturientlar o`qishga davlat buyurtmasi, to`lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
O`qish muddati 2 yilni tashkil etadi.






