AsosiyJamiyat

O`zbekistonda taekvondo bo`yicha zamonaviy sport majmualari quriladi

'O`zbekistonda taekvondo bo`yicha zamonaviy sport majmualari quriladi'ning rasmi

O`zbekistonda taekvondo sport turi bo`yicha zamonaviy sport majmualari quriladi. Bu haqda Prezident qarori imzolandi.

Unga ko`ra, taekvondo (WT)ni olimpiya sport turi sifatida ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini yaxshilash, milliy terma jamoalarzning nufuzli sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishishini ta`minlash maqsadida quyidagilar 2022-2024 yillarda taekvondo (WT) sport turini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari etib belgilanadi:

  • taekvondoni aholi o`rtasida keng targ`ib qilish, iqtidorli sportchilarni, shu jumladan, sportchi-ayollarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimi yo`lga qo`yiladi;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarda taekvondoning «Pumse» yo`nalishiga qiziqish uyg`otish orqali nafas olish, xotira va konsentrasiyani yaxshilash, vestibulyar apparatni chiniqtirish kabi sog`lomlashtirish ishlarini olib borish, shuningdek, istiqbolda maktabgacha ta`lim tashkilotlarida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda «Kids taekvondo» loyihasini ishga tushirish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ko`p bolali oilalar farzandlarining taekvondo bilan shug`ullanishi uchun hududlarda «Taekvondo (WT) hamma uchun» dasturini ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
  • zarur shart-sharoitlar mavjud bo`lgan umumiy o`rta ta`lim maktablarida taekvondo bo`yicha darsdan tashqari alohida sport seksiyalarini tashkil etish, ularga maktab joylashgan hududdagi sport maktabi va boshqa muassasadan trener-o`qituvchilarni jalb etish, shuningdek, o`rta maxsus, professional hamda oliy ta`lim tashkilotlari o`quvchi va talabalari uchun taekvondo bo`yicha fakultativ mashg`ulotlarni joriy etish, taekvondo klublari tuziladi;
  • taekvondo bo`yicha xalqaro talablarga muvofiq zamonaviy sport majmualarini qurish, mavjud sport majmualarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari  va anjomlari bilan ta`minlanadi;
  • hududiy terma jamoalarning asosiy tayyorgarlik markazlari sifatida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida engil konstruksiya asosida quriladigan markazlar tashkil etiladi;
  • taekvondoni o`qitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va o`quv adabiyotlar bilan ta`minlash hamda tibbiy xizmat rivojlantiriladi;
  • mahalliy korxonalar tomonidan xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda taekvondo bo`yicha xalqaro standartlarga mos zamonaviy inventarlar va jihozlar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish;
  • ommaviy axborot vositalarida sog`lom turmush tarzining eng muhim tarkibiy qismi sifatida taekvondoni targ`ib qilish hamda bu jarayonda yuqori darajadagi axborot texnologiyalari va multimedia mahsulotlaridan foydalanilishini ta`minlanadi.
     

    Boshqa yangiliklar