AsosiyJamiyat

“Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi

'“Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi'ning rasmi

“Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–338-son, 29.07.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasi tasdiqlandi.

 Konsepsiya doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Marg`ilon, Qo`qon, Termiz va boshqa tarixiy shaharlarda buyuk allomalarning ilmiy va madaniy merosi to`g`risida seminar, simpozium, konferensiya, ilmiy-amaliy anjumanlar o`tkaziladi.

 Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida o`zaro hamkorlik orqali “Tabarruk ziyorat” brendi yaratiladi.

 2023 yildan har 2 yilda 1 marotaba:

  • ️may oyining uchinchi dekadasida Marg`ilon shahrida “Marg`ilon ipak matolarining xalqaro bozordagi ahamiyati” mavzusida ko`rgazma va ilmiy-konferensiya;
  • ️iyun oyining birinchi dekadasida “Lavanda” festivali;  
  • ️iyul oyida talabalar va yoshlar uchun Xalqaro “Turksoy” tashkiloti bilan hamkorlikda “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali;
  • ️avgust oyining uchinchi haftasida turkiy davlatlarning tadbirkorlari, OAV, jurnalist va blogerlar uchun “Tabarruk ziyorat” xalqaro mediaturi va uning doirasida “B2B” formatida uchrashuvlar tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar