AsosiyJamiyat

“Farg`ona Issiqlik elektr markazi”da payvandlash ishlarini olib borish jarayonida chaqnash sodir bo`ldi

'“Farg`ona Issiqlik elektr markazi”da payvandlash ishlarini olib borish jarayonida chaqnash sodir bo`ldi'ning rasmi

FVB Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, “Farg`ona Issiqlik elektr markazi” chaqnash natijasida yong`in sodir bo`lmagan, ishchi xizmatchilar orasida tan jaroxati olganlar, jabirlanganlar va vafot etganlar yo`q.

Voqea joyiga Yong`in-qutqaruvchilar  09:08da etib borib, 12:03da sig`imning atrofida sovutish maqsadida o`rab olinib nazoratga olingan. Chaqnashni taxminiy sababi oldindan o`rnatilgan ko`pik berish qurilmasini almashtirish jarayonida (payvandlash) olovli ishlarni olib borish oqibatida kelib chiqqan bo`lishi mumkinligi taxmin qilinib, xozirda serishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.  

Sodir bo`lgan chaqnash “Farg`ona Issiqlik elektr markazi” AJning kundalik ish rejimiga o`z ta`srini o`tkazmagan buning sababi tamirlash jarayonidagi xavfsizlik masalalari ta`minlanib, tarmoqdan ajratilgan holda ish jarayoni amalga oshirilayotgan bo`lgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar