AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" 2-5 avgust kunlari sodir bo`ladigan sel va suv toshqinlaridan ogoh etmoqda

'"O`zgidromet" 2-5 avgust kunlari sodir bo`ladigan sel va suv toshqinlaridan ogoh etmoqda'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi joriy yilning 2-5 avgust kunlari kutilayotgan yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishidan xabardor etmoqda. 

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;

 

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobod tumanlarida;

 

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

 

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

 

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

 

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

 

  • Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

 

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Tog` oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar