AsosiyJamiyat

Jizzaxda tadbirkorga 1,7 mlrd so`m kredit olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Jizzaxda tadbirkorga 1,7 mlrd so`m kredit olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, tadbirkorga pora evaziga kredit olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Fuqaro S.X. Jizzax shahridagi “Q.” oilaviy NTM rahbari G.ning ishonchiga kirib, unga bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali NTM faoliyatini rivojlantirish uchun 1,7 mlrd so`m kredit olib berish evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar