AsosiyDunyo

Rim papasi Qozog`istonga tashrif buyuradi

'Rim papasi Qozog`istonga tashrif buyuradi'ning rasmi

Rim papasi Fransisk 13-15 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog`istonga keladi, deb xabar berdi Qozog`iston rahbari matbuot xizmati.

 “Prezident Qosim-Jomart Toqaevning taklifiga binoan Rim papasi Fransisk 2022 yil 13-15 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog`istonda bo`ladi”, — deyiladi xabarda.

Tashrif doirasida mamlakat oliy rahbariyati bilan uchrashuvlar o`tkazish, shuningdek, Jahon va an`anaviy dinlar etakchilarining VII qurultoyida ishtirok etish rejalashtirilgan. Avvalroq, qurultoyning asosiy mavzusi pandemiyadan keyingi davrda insoniyatning ma`naviy-ijtimoiy taraqqiyotida diniy etakchilarning roli bo`lishi haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar