AsosiyJamiyat

Toshkentda "Matiz" ona-bolani urib ketdi. 5 yoshli go`dak vafot etdi

'Toshkentda "Matiz" ona-bolani urib ketdi. 5 yoshli go`dak vafot etdi'ning rasmi

Toshkentda 5 yoshli bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 30 iyul kuni taxminan soat 15:30 larda, haydovchi 2001 yilda tug`ilgan A.Sh. o`zining boshqaruvidagi davlat raqami 70 L 839 FA bo`lgan "Matiz" rusumli avtoulovda Olmazor tumani Farobiy ko`chasi bo`ylab harakatlanayotganda yo`lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan va 14-sonli oilaviy poliklinika qarshisida yo`lni kesib o`tayotgan piyoda 1988 yilda tug`ilgan T.N. va voyaga etmagan 2017 yilda tug`ilgan X.M.ni urib yuboribgan.

Natijada piyoda T.N. va X.M.lar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi shifoxonasiga yotqazilgan, biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay, voyaga etmagan X.M. shifoxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. A.Sh.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar