AsosiyJamiyat

Bu yil test sinovlarini 8 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda - DTM

'Bu yil test sinovlarini 8 avgustdan boshlash rejalashtirilmoqda - DTM'ning rasmi

Joriy o`quv yili uchun 1 mln 146 ming 744 nafar abiturient ro`yxatdan o`tdi. Ular uchun 58 ta bino, stadion va xiyobon imtihon olishga tayyorlanmoqda. Kirish imtihonlari esa 8 avgustdan boshlanishi mumkin. Bu haqda AOKAda DTM mutasaddilari ishtirokida bo`lib o`tgan matbuot anjumanida  ma`lum qilindi. 

Qayd etilishicha, joriy yilda ilk bor 12 ta oliy ta`lim muassasasida masofaviy ta`lim shakli joriy etilib, 6 867 nafar (birinchi ta`lim yo`nalishiga nisbatan) abiturient masofaviy ta`lim shaklida o`qish istagini bildirdi. Shuningdek, 585 669 nafar abiturient kunduzgi, 25 369 nafari kechki, 528 839 nafari sirtqi ta`lim shakli uchun ro`yxatdan o`tdi.

Test sinovlarining ochiq va shaffof o`tishini ta`minlash maqsadida xalq ta`limi va oliy ta`lim muassasalarining 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlar guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.
 

    Boshqa yangiliklar