AsosiyJamiyat

“Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz”

'“Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz”'ning rasmi

O`zbekistonda mustaqillikning 31 yilligi mazkur shior ostida o`tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoev “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o`ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni yuqori saviyada o`tkazish to`g`risida”gi qarorni imzoladi

Unda “Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g`oyani o`zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar hamda targ`ibot-tashviqot ishlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi belgilangan.

Shuningdek, qaror bilan Respublika komissiyasi (A.Aripov) tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:

  • Mustaqillik bayramining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda keng nishonlanishining ta`minlanishi;
  • barcha hududlarda aholining keng qatlamlari o`rtasida Mustaqillik bayramiga bag`ishlab ma`rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, dolzarb mavzular bo`yicha fikr almashuvlar, madaniy tadbirlarni samarali o`tkazish maqsadida taniqli ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va san`at arboblaridan iborat targ`ibot guruhlarini tashkil etish  hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishini yo`lga qo`yish;
  • belgilangan chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlarining hisobotlarini o`z yig`ilishlarida muntazam ravishda eshitib borish.

    Boshqa yangiliklar