Bundan biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktabi"ga o`qishga kirish uchun imtihon topshirayotgan 45 yoshli "qizaloq"! nomli xabar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Prezident ta`lim muassasalari agentligi Axborot xizmati o`z munosabatipi bildirdi.
Munosabatda keltirilishicha, mazkur hodisa yuzasidan tushunmovchilikning oldini olish maqsadida qabul komissiyasi a`zolari ishtirokida ota-onalar tomonidan tanlangan vakillar imtihon jarayonlariga kiritilgan.
O`rganish natijasida ushbu o`quvchi Toshkent shahridagi maktablardan birining 4-sinf bitiruvchisi A.F. ekanligi aniqlandi va vakillarga isbotlab berilgan.
Xabarda qayd etilishicha, Prezident ta`lim muassasalari agentligi Axborot xizmati tomonidan ota-onalardan iborat vakillarning imtihon jarayonlarida ishtiroki video-tasvirga yozib olingan.
Bloger va ijtimoiy tarmoq faollaridan noxolis xabarlarni tarqatmaslikni so`raymiz, deyiladi xabarda.






