AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi yo`llar harakat xavfsizligiga qarab "qizil", "sariq" va "yashil" toifaga ajratiladi

'O`zbekistondagi yo`llar harakat xavfsizligiga qarab "qizil", "sariq" va "yashil" toifaga ajratiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 30.07.2022 yildagi “Yo`l harakati xavfsizligi sohasini ilmiy-metodik ta`minlash, yo`llarda ekspluatasiya-montaj faoliyatini tartibga solish hamda “Xavfsiz yo`l” indeksini yuritish amaliyotini joriy etish to`g`risida”gi 415-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi. 

Prezidentning “Avtomobil yo`llarida inson xavfsizligini ishonchli ta`minlash va o`lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2022 yil 4 apreldagi PQ-190-son qarorini amalga oshirish uchun:

  • Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining maxsus ekspluatasiya-montaj bo`linmalari hamda Toshkent shahar hokimligining Yo`l harakatini tashkil etish markazi hududiy ichki ishlar organlarining yo`l harakati xavfsizligi boshqarmalari huzuriga o`tkazilgan;
  • hududlarda yo`l harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va bu borada mahalliy hokimiyat organlarining mas`uliyatini kuchaytirish maqsadida respublikaning barcha tuman (shahar)lari bo`yicha “Xavfsiz yo`l” indeksini yuritish amaliyoti yo`lga qo`yilgan.

 

Bunda indeksni yuritish vazifasi yo`l harakati xavfsizligi bo`linmalariga yuklatiladi. Har chorak yakunida indeks doirasida yo`l infratuzilmasi va yo`l harakati qoidalariga rioya qilinishining holati maxsus komissiyalar tomonidan 29 ta indikator bo`yicha baholanadi.

Tuman (shahar)lar indeks ko`rsatkichlari asosida yo`llarda harakat xavfsizligini tashkil etishning holati bo`yicha “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 01.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

    Boshqa yangiliklar