AsosiyJamiyat

Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo`lib o`tadigan sana e`lon qilindi

'Senatning navbatdagi yalpi majlisi bo`lib o`tadigan sana e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to`qqizinchi yalpi majlisini 2022 yil  4 avgust kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Yalpi majlisni ikki kun davomida videokonferensaloqa shaklida o`tkazish rejalashtirilgan.

Navbatdagi yalpi majlisda quyidagi masalalar ko`rib chiqiladi.

  •  “O`zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash to`g`risida”gi, 
  • “Davlat qarzi to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o`zgartishlar kiritish to`g`risida”gi, 
  • “O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 2061-moddasiga o`zgartish kiritish haqida”gi qonunlar.

 

Shuningdek,  “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi va “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunlarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risidagi milliy ma`ruza haqidagi axboroti muhokama etiladi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to`g`risidagi axboroti ham eshitiladi.

Yalpi majlisda qonunlarning ijrosi holati, huquqni qo`llash amaliyotini o`rganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalarini muhokama qilish nazarda tutilgan.

Senatorlar tomonidan  Buxoro viloyati hokimining turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish yuzasidan viloyatda olib borilayotgan ishlar bo`yicha hisobotini ham eshitadi.

Yalpi majlisda Orolbo`yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta`minlash hamda zamonaviy innovasion texnologiyalarni keng tatbiq qilish bo`yicha belgilangan vazifalarning ijro etilishi holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovini yuborish masalasi ko`rib chiqiladi.

Senatorlar engil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilishning holati yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so`rovi natijalarini ham muhokama qiladi.

Yalpi majlis kun tartibi doirasida Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlarini ham tasdiqlash nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar