AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning uchta tumanida "svet" o`chadi

'Bugun Toshkentning uchta tumanida "svet" o`chadi'ning rasmi

Bugun, 4 avgust kuni Shayxontohur, Yunusobod hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o`chirildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini etkazib berilishini ta`minlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda ta`mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

  • Yashnobod tumanining: Shoxsanam hamda Munavvar qori ko`chalari;
  • Yunusobod tumanining: Yunusobod 18-daha, Oqtepa, Yangihayot hamda Mirxodjaeva ko`chalari;
  • Shayxontohur tumanining: Shofayiz, Chaman, Uyg`ur, Ulug`bek, Uysoz, Xushro`y, Ziyosaid, Bekzod hamda Muqanno ko`chalarida yashovchi aholi xonadonlari vaqtinchalik elektr energiyasiz qoldi.

 

"Sababi, hududlardagi quvvati HL-0,4 kV bo`lgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlariga almashtirish, hamda transformator punktlarida mukammal ta`mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda", - deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tasarrufidagi tuman elektr ta`minoti korxonalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko`rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar