Ijtimoiy tarmoqlarda profilaktika inspektori qashqadaryolik qizning nomusiga tekkanligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIV Matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi.
"Rasmiy saytlardan biri tomonidan chop etilgan maqola va videomaterialda qayd etilgan holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv o`tkazilgan. Tekshiruv yakuni bo`yicha holat tasdiqlanmaganligi va O.X.ning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qo`zg`atish rad etilgan" deyiladi rasmiy munosabatda.





