1

“PROKUROR” VA “MXX XODIMI” BO`LIB ODAMLARNI ChUV TUShIRGAN FIRIBGAR FOSh ETILDI

Jinoyat 02.08.2016, 12:30
Teglar: Jazo, Jinoyat
“PROKUROR” VA “MXX XODIMI” BO`LIB ODAMLARNI ChUV TUShIRGAN  FIRIBGAR FOSh ETILDI

Beli og`rimay pul topishni odat qilgan, bu yo`lda har qanday qabihlik va firibgarlikka qo`l uradiganlar afsuski oramizda bor. Bosh prokuraturaning “Huquq” gazetasi taqdim etayotgan bir jinoyat tafsiloti ana shunday og`irning ostidan, engilning ustidan yurib mo`may pul topishni kasb qilib olgan, hatto bu maqsadi uchun davlat organi, avvaliga “prokuratura xodimi”, keyin esa “Milliy xavfsizlik xodimi” sifatida qalbaki hujjat tayyorlab jinoiy harakatlarni sodir etgan oltiariqlik Egamberdi Hojibekovning qilmishlari haqida. 

Garchi Egamberdi Hojibekov bir necha bor sudning qora kursisida qilmishlari uchun so`roq qilinib, javobgarlikka tortilgan bo`lsa-da, tavbasiga tayanmay jinoiy qilmishini davom ettiraverdi.  Yolg`onni yamlamay yutishi, suvga olib borib sug`ormay kelish "usul"larini "ta- komillashtirdi". Baland parvozga shaylangan Egamberdiga Oltiariq torlik qilib qoldi, mamlakat bo`ylab "ov"ga chiqdi. Quyida jinoiy tafsilotlar “qahramoni”ning ana shu “ov” harakatlaridan ayrimlariga to`xtalamiz.

BIRINChI “OV”: 13 MING $ EVAZIGA OZODLIK VA`DASI

2006 yil sentyabr oyida Yangiyo`l shahrida Xudoberganga (jabrlanuvchilarning ism-familiyalari o`zgartirilgan) o`zini prokuratura xodimi "Bahodir" deb tanishtirib, mehmondorchilikda mezbonning Farg`ona shahrilik tanishi bo`lgan Munisaxonning narkotik modda bi¬lan ushlanib qamalgan pochchasi Alibek Sharipjonovni qamoqdan chiqarishni va`da qilib, xizmat haqi uchun o`n uch ming dollar so`raydi. “Prokuratura xodimi Bahodir”ning so`zlariga ishongan ayol avvaliga bo`lib-bo`lib, 8500 AQSh dol- lari, so`ngra poytaxtning Beruniy dahasida ko`rishib, yana 4500 dollar berdi. "Prokura¬tura xodimi" ayolni shar`iy nikohlab ham oldi. Uning Toshkent shahridagi uyida yashab yurdi. Munisaxon pochchasi Alibekning ishi sudga oshganidan keyin shubhalinib qoldi. Ammo "Bahodir" uni tinchlantirishni ham uddasidan chiqdi:

—  "Sud hukmini o`qiyversin. Qamoqxonadan olib chiqaman". 

Ammo viloyatga "xizmat safariga" ketganicha Munisaxonga qaytib qora- sini ko`rsatmadi. 

HOJATBAROR TANIShLARDAN 250 MING SO`MGA “GUVOHNOMA”

U shu taxlit yana bir “ov”ni amalga oshirayotganda, qo`lga tushib orada yana bir bor sudlanib chiqdi. Ozodlikka chiqqach, o`zini savdoga uradi. Bu borada uning tinchini ta`minlash uchun soxta hujjatlar tayyorlab beruvchi hojatbarorlar topiladi. Uni fotoapparatida suratga tushirib, uch kun ichida 250 ming so`m evaziga bir qarashda haqiqiysidan farqlab bo`lmaydigan qalbaki guvohnomani qo`liga tutqazishdi. Toshkent shahridagi bozordan harbiy kitel va shim, qalbaki guvohnomani ko`rsatib, do`kondan polkovnik pogonini oldi. Firibgar avvaliga o`zini milliy xavfsizlik xizmati xodimi "Bahodir Ergashevich Nurmuhammedov", deya tanishtirib yurdi. Keyin o`zini o`zi boshqa "lavozimga ko`tardi". "Respublika Harbiy prokuraturasida bo`lim bosh- ligining o`rinbosari, jazoni ijro etish muassasalari ustidan nazorat qiluvchi "kura¬tor" bo`lib ishlayman", deya Toshkent shahri, viloyat va tumanlarda nafaqat tajribasiz, sodda, hatto o`qimishli, oq-qorani tanigan fuqarolarning ham ishonchiga kirib, ularni chuv tushiraverdi.

* * *

NAVBATDAGI O`LJA: UMRA SAFARI UChUN 3 000 $

Ashirjon Dalliev O`rtachirchiq tumanilik o`rtog`i Davronni yo`qlab borib, choyxonada "Nurmuhammedov Bahodir Ergashevich, milliy xavfsizlik xizmati xodimi" bilan ta¬nishadi. Ana shu tanishuv firibgarning fosh etilishidagi birinchi qadam bo`lgan, deyish mumkin.

* * *

"Polkovnik Bahodir Nurmuhammedov" har oyda vodiydagi jazoni ijro etish muassasalarini "nazorat qilgani" tashrif buyurar, Ashirjon uni Qo`qon shahrida kutib olib, aytganini bajo keltirardi.

Ashirjon mahalladoshi Turg`unboy akaning Umra safariga borish masalasida yordam berish uchun pol¬kovnik "Bahodir aka"dan iltimos qildi. “Polkovnik” navbatdagi safari chog`ida Turg`unboy aka bilan o`g`lini Ashirjon yordamida uchrashadi va ulardan uch ming AQSh dollari, otaxon va turmush o`rtog`i pasportlarini oldi. Bir haftadan keyin yana ko`rishib, Turg`unboy akaga arzon narxda "Isuzu" avtomobilini olib beradigan buldi. Undan bo`lib-bo`lib 37 ming AQSh dollarini olib ketdi. Bir oydan keyin pas¬portlarini qaytarib berdi. Tez orada mashinani olishla- riga ishontirdi. Ammo...

***

KO`ZA KUNIDA SINDI...

"Umra " safari ham, "Isuzu" avtomobili ham cho`pchakligiga ishonch hosil qilgan Tur¬g`unboy Saidov huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza yozdi. "Polkovnik"ning sherigi sifatida Ashirjon Dallievga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi sudda ko`rildi. Etkazilgan zararni — 40 ming AQSh dollarini qoplagani tufayli sudlanuvchiga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. "Bahodir Nurmuhammedov" olib ketgan pullarni o`z yonidan to`lashga majbur bo`lgan A.Dalliev uni qidira boshladi. "Polkovnik" hech qaerda ishlamasligi, asli ism-familiyasi Egamberdi Hojibekovning firibgarligi fosh etilib, ishi sudga oshirilganini bilgach, boshini changalladi.

Sud majlisida firibgar o`zini MXX va prokuratura organlari xodimi deya tanishtirib, jami 19 holatda fuqarolarning ishonchiga kirib, aldab qo`lga kiritgan juda ko`p miqdordagi pullarni o`z ehtiyojiga sarflab yuborgani iqrorligi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko`rsatmalari bilan tasdiqlandi. 

Turli qiyofaga kiruvchi qalbaki odamga aylangan, qal¬baki hujjat tayyorlab foydalanish, pora berishga undash, firibgarlik jinoyatlarini sodir etgan E.Hojibekovga besh yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Undan jabrlanuvchilarga etkazilgan zarar undiriladigan bo`ldi.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda

16.08.2021, 12:20

Rossiyada vaksinadan bosh tortgan xodimlar jazolanmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi.Unga ko`ra, Rossiyadagi har beshta kompaniyaning biri koronavirusga qarshi vaksina olishdan bosh...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1