AsosiyJamiyat

IIO xodimlari xizmat vaqtida chilim chekib o`tirgan video tarqaldi

'IIO xodimlari xizmat vaqtida chilim chekib o`tirgan video tarqaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organi xodimlari xizmat vaqtida chilim chekib o`tirgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G`iyosov izoh berdi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat 2017 yilning avgust oyida Toshkent shahar Metropolitenda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan metropoliten xizmat xonasida sodir etilgan.

Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o`tkazilib, har bir xodimga nisbatan o`rnatilgan tartibda intizomiy jazo tayinlangan.

 

 

    Boshqa yangiliklar