Prezident videoselektorda davlat idoralarida “mahalladan – respublikagacha” tamoyili asosida kadrlarni o`stirish tizimi joriy qilinishini ta`kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Biz davlat xizmatini mahallaga tushirish bo`yicha katta islohotlarni boshladik. Har bir mahallada – rais, hokim yordamchisi, yoshlar etakchisi va xotin-qizlardan iborat yaxlit tizim yaratildi.
Bundan buyon, rahbarlik lavozimlariga nomzodlar mahallada odamlar bilan ishlagan, ularning muammosini o`z ko`zi bilan ko`rib, hal qilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi”, dedi davlatimiz rahbari.
Shuning uchun, 1 noyabrdan:
- eski namunadagi “ob`ektivka”dan voz kechilib, ilg`or IT-texnologiyalar asosida xodimning malakasi va salohiyati, erishgan natijalarini baholaydigan tizimga o`tiladi;
- xodimni baholashda qaysi oliygohni bitirgani yoki qaerda ishlagani emas, qanday bilim-tajribaga egaligi va ko`rsatgan natijalari asosiy mezon bo`lishi shart.
"Oddiy qilib aytganda, rahbarlikka tacodifan kelib qolishning oldi olinadi", dedi Prezident.