Toshkent Botanika bog`i tashrif buyuruvchilar uchun o`z faoliyatini vaqtinchalik to`xtatadi. Bu haqda O`zR FA Axborot xizmati xabar bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akad. F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog`ida 2022-2023 o`quv yilida oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish uchun test sinovlariga tayyorgarlik ko`rilishi va uning o`tkazilishi munosabati bilan joriy yil 5 avgustdan 20 avgustga qadar tashrif buyuruvchilar uchun o`z faoliyatini vaqtinchalik to`xtatadi, deyiladi e`londa.






