“Maktabgacha ta`lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (426-son, 02.08.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq 2022 yil 1 sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog`chalarda, oilaviy bog`chalarda:
- byudjetdan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida avtomatik hisoblab chiqiladi;
- xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;
- hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oylik davomati ro`yxatga olingan tarbiyalanuvchilarga nisbatan 40 foizdan kam bo`lganda, ushbu oy uchun byudjetdan ish haqi to`lanmaydi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlandi:
- ️davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog`chalarni tashkil etish uchun banklarga pul joylashtirish tartibi;
- ️nodavlat bog`chalarga byudjetdan subsidiyalar va kompensasiyalar to`lash tartibi;
- ️oilaviy bog`chalar to`g`risida;
- ️kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlardagi bog`chalar tarbiyachilarining ish haqini qoplash uchun byudjetdan kompensasiya ajratish tartibi;
- ️nodavlat bog`chalarni boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi o`rtasida o`zaro almashiladigan ma`lumotlar ro`yxati.






