Prezident videoselektorida davlat xizmatchilariga talab qo`yish bilan birga, ular faoliyatining kafolatlari ham kuchaytirilishi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Iqtisodiyotda xususiy sektor o`sib borayotgani sari, malakali kadrlarga talab oshib bormoqda. Bu raqobatli bozorda davlat xizmati ham jozibador bo`lishi kerak.
“Bitta mutaxassisni tayyorlash uchun qancha-qancha vaqt, mehnat va mablag` talab etiladi. Qolaversa, davlat xizmatchisi ham cheklangan resurs ekanini unutmaslik kerak”, dedi Prezident.
Shu bois, xodimning tajribasi, malakasi va erishgan natijasiga qarab rag`batlantirish tizimi joriy qilinishi ko`rib chiqiladi.






