Prezident videoselektorda muhokama qilingan masalalar islohotlarimizning natijadorligini oshirish uchun muhim omil hisoblanishini ta`kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Administrasiya rahbariga yil yakuniga qadar ixcham, professional, adolatli, natijaga ishlaydigan boshqaruv tizimini joriy qilish bo`yicha ma`muriy islohotlarni yakuniga etkazish shartligi ko`rsatib o`tildi.
Shu bilan birga yangi tashkil qilingan Nazorat inspeksiyasi faoliyatini yo`lga qo`yib, Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosini qat`iy ta`minlash vazifasi qo`yildi.






