AsosiyJamiyat

Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi

'Soliq maslahatiga oid yangi qonun qabul qilindi'ning rasmi

“Soliq maslahatiga oid faoliyat to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" xabar bermoqda.

Qonunga muvofiq, soliq maslahatiga oid faoliyat deganda soliq maslahatchilari tashkilotining yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida soliq maslahati bo`yicha xizmatlar ko`rsatishga doir faoliyat tushiniladi.

 Soliq maslahati bir qator xizmatlarni, jumladan mijozga soliqlar va yig`imlarni hisoblash, to`lash, hisobot tayyorlash bo`yicha maslahat berish, sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda vakillik qilishni o`z ichiga oladi.

Soliq solish masalalari bo`yicha advokatlar tomonidan yuridik yordam ko`rsatish, sudda va boshqa davlat organlarida vakillik qilish soliq maslahati hisoblanmaydi.

Moliya vazirligi soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi vakolatli davlat organidir.

 O`zbekiston Soliq maslahatchilari palatasi soliq maslahatchilarining, soliq maslahatchilari tashkilotlarining ixtiyoriy a`zoligi asosida tashkil etiladigan kasbiy birlashmasi hisoblanadi.

 Malaka sertifikatiga ega bo`lgan jismoniy shaxs soliq maslahatchisi bo`ladi.

 Malaka imtihonini topshirish uchun ariza bilan Soliq maslahatchilari palatasiga murojaat qilinadi.

 Malaka sertifikatini olishga doir malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun BHMning 2 baravari (600 ming so`m) miqdorida yig`im to`lanadi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan 3 oy o`tgach kuchga kiradi.

 

    Boshqa yangiliklar