Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning iyul oyida repetitorlik narxlari iyun oyiga nisbatan ya`ni bir oyda o`rtacha 0,3 foizga oshgan.
- Repetitorlik narxlarining respublikada o`rtacha 0,3 foizga oshishiga Namangan (1,2 foiz) va Xorazam (4,4 foiz) viloyatlaridagi narxlarning o`zgarishi eng yuqori darajada ta`sir qildi.
- Repetitorlik narxlari yil boshidan buyon o`rtacha 3,1 foizga oshgani kuzatilgan.
- Repetitorlik narxlari o`tgan yilning mos oyiga nisbatan ya`ni yillik nisbatda o`rtacha 9,6 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.