Sal avval Farg`ona neft zavodi xodimi o`zini yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bugun, “Fargona NQIZ”da sodir bo`lgan voqea mavzusida brifing bo`lib o`tdi.
Zavod rahbariyatining ma`lum qilishicha, 2 avgust kuni FNQIZning nazorat-o`tkazish punktida ayanchli harakatlarni sodir etgan xodimaning hamkasblari vaziyatni kuzatib bormoqda, ayolga va farzandlariga barcha zarur yordamni ko`rsatishmoqda. Bunda zavod huquq-tartibot idoralari va Farg`ona viloyati hokimligi bilan hamkorlik qilmoqda.
Aslida voqea qanday sodir bo`lgan edi?
2 avgust, seshanba kuni ertalab soat 7:37 da 32-sonli sexda 2-toifali bo`yoqchi sifatida faoliyat yuritayotgan H.S. zavodga kirish 1-sektorida korxona hududiga kiritilmagan. Chunki tegishli ruxsatnomasi bo`lmagan. Qo`riqchilar o`z xizmat vazifalariga amal qilgan holda hamkasblarining ichkariga kirishiga ruxsat berishmagan. Bunga javoban H.S. qo`riqchilarga nisbatan g`azabini agressiv tarzda bildirgan. Zavodga kiraverishdagi qisqa muloqotdan so`ng u binoni tark etgan.
Ma`lumot o`rnida:
Mas`ullarning ma`lum qilishicha, zavodda ushbu harakatlarni tasdiqlovchi barcha video materiallar mavjud. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ushbu videomateriallar o`rnatilgan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilishi mumkin.
Oradan bir soat o`tib, soat 8:31 daqiqada o`tgandaH.S, qaytib kelgan va 1-sektorga kiraverishdagi nazorat punkti oldida plastik idishdagi benzinni o`zning ustidan quygan. Binoga kiraverishda o`zini yoqib yubormoqchi bo`lgan. Ushbu harakatlarni ko`rgan FNQIZ xavfsizlik xodimlari darhol o`z-o`zini yoqishning oldini olishga harakat qilishgan. Biroq xodima olovni yoqishga muvaffaq bo`lgan, uning kiyimlari yonib ketgan. Qo`riqchilar o`t o`chirgich va kiyimlar yordamida yong`inni tezda o`chirishgan. Ammo Sanobarxon Dehqonovna yordam ko`rsatishga to`sqinlik qilib, allaqachon sezilarli darajada kuyib bo`lgan.
Shuningdek, soat 8:31 da o`tkazish punktida navbatchilik qilayotgan FNQIZ tibbiyot bo`limi hamshirasi Barno Obidova shirkatning tibbiy yordam guruhiga qo`ng`iroq qilgan. Soat 8:37 da Sanobarxon Dehqonovna tez yordam mashinasida Farg`ona shahridagi shifoxonaning kuyish bo`limiga yuborilgan. Mashina qabulxonaga ertalab soat 8:45 da etib kelgan. Hozirda hamkasbimiz shifoxonada shifokorlar hamda FNQIZdagi hamkasblari nazorati ostida bo`lib turibdi.
Ma`lumot uchun:
H.S. 1975-yil 1-yanvarda Toshloq tumanida tug`ilgan, oilali, 4 nafar qizi bor, hozirda turmush qurgan, Quva viloyatida yashaydi.
Guvohlar nima deydi?
Voqea guvohlari bilan muloqot qilish natijasida ma`lum bo`lishicha, H.S. ishga qabul qilinishidan oldin ham o`z joniga qasd qilishga moyil bo`lgan. Yuqoridagiga o`xshash holatlarga bir necha bor tushgan. Ammo tahdidlar ko`proq og`zaki tusga ega bo`lib, jumladan, avvalgi ish beruvchilariga ham qaratilgan. Bu haqda batafsil ma`lumot O`zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga yuborildi va OAV tomonidan belgilangan tartibda ulardan so`rab olinishi mumkin.
H.S. “Neftchi” sport majmuasida ishlagandan so`ng, FNQIZ 32-sexi 1-ta`mirlash-qurilish uchastkasining 2-toifali bo`yoqchisi lavozimiga o`tkazilgan.
Shu bilan birga, xotin-qizlar kengashi majlisi o`tkazilishi doirasida 1 avgust kuni H.S. oilaviy masalalarda yordam so`rab zavod rahbariyatiga murojaat qilgan. Rahbariyat bilan suhbat chog`ida oiladagi muayyan qiyinchiliklari haqida ma`lum bo`lgan. Rahbariyat tomonidan xodimga quyidagi yondoshuv haqida ma`lum qilingani ma`lum bo`ldi:
Zavod qiyin hayotiy vaziyatda xodimni qo`llab-quvvatlashga tayyor. 5-avgust kuni hamkasbimiz korxona tomonidan ko`rsatiladigan yordamni muhokama qilish yuzasidan korxona direktori bilan uchrashishi belgilangan edi.
"Hozirgi vaqtda korxona xodimi Farg`ona shahar shifoxonasining kuyish bo`limi, 8-palatada bo`lib, unga barcha zarur tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. FNQIZ xodimlari, H.S.ning hamkasblari. Shuningdek, korxona kasaba uyushma qo`mitasi a`zolari doimiy ravishda zavod nomidan uning yonida bo`lib turishibdi. Zavod xodimni barcha zarur dori-darmonlar, shuningdek, oziq-ovqat bilan ta`minlamoqda. Zavodning 12 nafar xodimi jabrlanuvchi uchun qon topshirdi. Yana bir bor ta`kidlamoqchimizki, bugungi kunda hech qanday xatti-harakatlar va vaziyatga qaramay, H.S. zavodimiz xodimi, hamkasbimizdir. Biz tomonimizdan unga barcha zarur yordam beriladi, sog`ayib ketishi uchun ham moddiy, ham ma`naviy ko`mak ko`rsatiladi" deya ma`lumot berdi mas`ullar.