O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Namangan va Farg`ona viloyatlari tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Havo harorati 33-38° atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo 35-37° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo`ladi.






