"Baydenning SARS-CoV-2 virusi uchun topshirgan testi salbiy chiqdi", - deyiladi Oq uy rasmiy saytida e`lon qilingan bayonotda.
Unga ko`ra, AQSh prezidenti o`zini juda yaxshi his qilmoqda. Ammo hozircha Bayden ikkinchi sinov natijalaridan to`liq tuzalib ketgani tasdiqlanmaguncha izolyasiyada qoladi.
Eslatib o`tamiz, Baydenning koronavirus bilan kasallangani 21 iyul kuni ma`lum bo`lgan edi. Ta`kidlanishicha, u engil kasallikka chalingan: tomog`i og`rigan, yo`tal, burundan oqishi va charchoq kuchaygan.
Keyinchalik Bayden to`rt marta koronavirus testini topshirdi va ular salbiy bo`ldi. Biroq, 30 iyul kuni Qo`shma Shtatlar Prezidentida test yana ijobiy natija berdi.