AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yana bir "Yangi O`zbekiston bog`i" barpo etiladi

'Toshkent viloyatida yana bir "Yangi O`zbekiston bog`i" barpo etiladi'ning rasmi

Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzaev Nurafshon shahar hududida "Yangi O`zbekiston bog`i" qurilishi uchun er maydoni ajratish to`g`risidagi qarorni imzoladi.

Unga ko`ra, Toshkent viloyati Nurafshon shahar «Yangiobod» MFY «Nurafshon biznes city» hududidagi 22,28 gektar er maydoni «Yangi O`zbekiston bog`i» qurilishi uchun bosh rejaga asosan Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» davlat unitar korxonasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi.

Buyurtmachi Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi «Biznes markazlarni qurish direksiyasi» DUKga Davlat xizmatlari markazi orqali arxitektura rejalashtirish topshirig`i ishlab chiqish uchun buyurtmalar beradi hamda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlash uchun lisenziyaga ega loyiha tashkiloti bilan o`rnatilgan tartibda shartnoma tuzadi.

Shuningdek, unga mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko`chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlari o`z mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi inobatga olish vazifalari yuklatilgan.

Qaror bilan viloyat qurilish bosh boshqarmasiga qurilish loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirilishiga amaliy yordam berish vazifasi yuklatilgan.

Boshqa yangiliklar